Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Sentabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Minskda O‘zbekiston va Belarus ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi

MINSK, 6-sentabr. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasi xodimlari Belarus Strategik tadqiqotlar instituti (BSTI) direktori Oleg Makarov bilan muzokaralar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv chog‘ida 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya natijalari muhokama qilindi.

Oleg Makarovning so‘zlariga ko‘ra, konferensiya o‘zining dastlabki maqsadlariga erishdi. U davlat arboblari, siyosatchilar, tahlil doiralari vakillarini bir platformada birlashtirib, mintaqalararo va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilikni taʼminlash uchun noyob imkoniyat yaratdi.

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport va logistika sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni, do‘stlik va ishonchni mustahkamlashga eʼtibor qaratildi.

Oleg Makarov BSTI O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan uzoq yillardan buyon yaqindan hamkorlik qilib kelayotganiga eʼtibor qaratar ekan, Toshkent konferensiyasi doirasida u boshchiligidagi institut O‘zbekistondagi yana bir hamkor – Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) bilan yaqin aloqalar o‘rnatganini maʼlum qildi.

Uchrashuv natijasida BSTI, STMTI va MOXI o‘rtasida ekspert muloqotini davom ettirish, o‘zaro  almashish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

BSTI Belarus Prezidenti tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslarning tashqi va ichki siyosatning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini axborot-tahliliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Institutda mamlakatdagi ichki siyosiy jarayonlarning holati, xalqaro munosabatlar, global, mintaqaviy va submintaqaviy geosiyosiy o‘zgarishlar tadqiq etiladi.

Mavzuga oid

Cingapurda Islom madaniyatiga bag‘ishlan...

Kecha O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi tomonidan Imom Buxoriy Xalqaro tadqiqot mar...

O‘zbekiston diplomatlari Koreya Respubli...

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari «Shin Kori NPP» atom elektr...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elch...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi Xorazm viloyati Hazorasp tumani «Shirin qu...

So`nggi yangiliklar