Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Sentabr/2022   Ta'lim

Misr kompaniyasi va O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi

QOHIRA, 21-sentyabr. /“Dunyo” AA/.  Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Misrning «Lotus Garment Group» kompaniyasi rahbari Xusam Gabrning O‘zbekistondagi yirik to‘qimachilik  kompaniyalari  - “FT Textile”, “BakanTex” “Orient Group” vakillari bilan onlayn muzokaralari tashkil etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Bundan tashqari, Misr kompaniyasi rahbarining mamlakatimiz qator viloyatlari mutasaddilari va “BCT Denim Vision”, “WBM Romitex” va “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” to‘qimachilik korxonalari rahbarlari bilan ham  muloqoti uyushtirildi.

Xusam Gabrning maʼlum qilishicha, «Lotus Garment Group» kompaniyasiga 1994 yilda asos solingan. Korxonada asosan jinsi matolaridan tayyor kiyimlar ishlab chiqariladi, mahsulotlar asosan AQSH va Yevropa bozorlarida sotiladi. Kompaniyaning Port Said hamda
10-Ramazon industrial zonalarida 11 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi. To‘qimachilik mahsulotlariga, xususan,  ip-kalavaga bo‘lgan oylik ehtiyoj 500-600 tonnani tashkil etadi.  

«Lotus Garment Group» rahbari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlari yaxshi sifatga egaligi bois ularni import qilish niyatida ekanligini bildirdi.

Misr tomoni so‘roviga binoan, O‘zbekistonning yuqorida qayd etilgan korxonalari o‘zlari tomonidan ishlab chiqariyotgan mahsulot namunalarini yaqin kunlarda «Lotus Garment Group» manziliga yetkazishga hamda tegishli texnik sinovlar o‘tkazilganidan so‘ng narx-navo, eksport hajmi hamda shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kelib, tegishli huquqiy hujjatlarni imzolashga kelishib olindi.     

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari ...

Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy va taʼlim sohasidagi aloqalarni yana-da kengaytir...

Farg‘ona viloyati va Osaka prefekturasi ...

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Fayzullajon Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a...

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida professio...

Kecha O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasida oflayn va onlayn tarzda “Professi...

So`nggi yangiliklar