Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   O‘sish nuqtasi

Misr OAVlarida: “O‘zbek tili XI-XIII asrlardayoq mustaqil til sifatida shakllangan”


QOHIRA, 22 oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasida o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir hamkor mamlakatning qator nufuzli ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xususan, Misrning rasmiy axborot agentligi «MENA» chop etgan maqolada o‘zbek tili XI-XIII asrlarda mustaqil til sifatida shakllangani, bu tilda ko‘plab yozuvchi va shoirlar ijod qilib, nodir asarlar yaratgani qayd etilgan. Materialda Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Alisher Navoiyning «Xamsa», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlari o‘zbek tilida bitilgani ta’kidlanadi.

«Al-Ahram» nashri o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni dunyoda 50 million kishiga yaqinlashgani, ushbu til Misr, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarning 65 ga yaqin universiteti va 100 dan ziyod maktabida o‘qitilayotganiga e’tibor qaratgan. O‘zbek tilining xalqaro darajadagi nufuzi yildan yilga ortib borayotgani qayd etilgan.

Mamlakatning nufuzli «Al-Shuruq» gazetasida chop etilgan maqolada tadbir davomida taqdim etilgan noyob kitoblar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Xususan, Ayn Shams universitetining filologiya fakulteti professori, doktor Magida Maxluf xonimning 20 yillik ijodiy faoliyati natijasida «Boburnoma» asarining arab tiliga tarjima qilingani, Osiyo mamlakatlari bo‘yicha tadqiqotchi Ahmad Abdo Tarabik «O‘zbekiston va islom sivilizatsiyasi o‘choqlari» kitobini nashr qilgani, yozuvchi Abdurahmon Al-Xamisi ikki jildlik «O‘zbek xalq ertaklari» kitobini misrlik o‘quvchilar e’tiboriga havola etgani alohida qayd etildi.

Osiyo mamlakatlari bo‘yicha tadqiqotchi olim Ahmad Abdo Tarabik ushbu bayram munosabati bilan «Al-Vasila» nashrida maqola chop etib, unda o‘zbek tilining shakllanish tarixi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni keltirgan.

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan elchixona tomonidan o‘tkazilgan tadbir Misrning «Al-Youm as-Sabi’», «Buraq nyus», «Xabar Masr», «Ro‘z al-Yusuf», «Al-Masri al-Youm», «Al-Kenanah News», «Al-Diplomasi» va boshqa ko‘plab ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.

Mavzuga oid

«Dunyo» axborot agentligi tabiatning be...

O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va shifobaxshligi bilan...

Raymond Braun: investorlar O‘zbekistonda...

So‘nggi yillarda xorijiy investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi sezilarli darajada oshdi...

Podshoh Fahd nomidagi kutubxonada arab ...

Buyuk shoir va davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Zahiriddin Muhammad...

So`nggi yangiliklar