30/Yanvar/2023 Sanalar
MOSKVA, 30 yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun Moskvada O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov boshchiligida mamlakatimiz diplomatiya missiyasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari, o‘zbek diaspora tashkilotlari rahbarlari Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning Moskvada o‘rnatilgan haykali poyiga gul qo‘ydi.