Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Jamiyat

Moskvada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga qarshi birgalikda kurashish, Vaksinalar va sarumlar institutini tiklashga ko‘maklashish va hamkorlikning boshqa istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi


MOSKVA, 4 mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiyaga tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 28 fevraldan 3 martgacha bo‘lgan davrda delegatsiya N. Pirogov nomidagi Rossiya Milliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmat, akademik V.Shumakov nomidagi Milliy transplantologiya va sun’iy organlar ilmiy-tadqiqot markazi hamda faxriy akademik N.Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazida bo‘ldi va ularning rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi.

 Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, «Sputnik V» vaksinasidan foydalanish, O‘zbekistonda Pirogov universiteti filialini ochish va boshqalar muhokama qilindi.

Rossiya vakillari hamkorlikni rivojlantirish, xususan, yaqin kelajakda ikki mamlakat yetakchi olimlari ishtirokida videokonferensaloqa formatida o‘zaro hamkorlikning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlash uchun qator muloqotlar tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Faxriy akademik N.Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus shtammlarini birgalikda o‘rganish, shuningdek, mamlakatimizdagi Vaksinalar va sarumlar ilmiy tekshirish institutini qayta tiklashda uslubiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tashrif natijalaridan biri - bu transplantatsiya sohasida O‘zbekistonning nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy markazi va akademik V.Shumakov nomidagi Milliy transplantologiya va sun’iy organlar ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida bitim imzolanishi bo‘ldi. Kelishuvga muvofiq, tomonlar keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha, shu jumladan, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda transplantatsiya sohasida huquqiy va ilmiy ma’lumotlar almashinuvi sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Imzolangan hujjat doirasidagi hamkorlik nevrologik va transplantatsiya yordamini ko‘rsatishni kengaytirishga, tizimli profilaktika ishlarini yo‘lga qo‘yishga va O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini tayyorlash sifatini oshirishga yordam beradi.

Mavzuga oid

Shifokorlar kasb malakasini oshirishda o...

Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi va «BelMAPO» diplomdan keyingi ta’lim tibbiy...

O‘zbekistonda geologiya fanlari universi...

Geologiya sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integratsiyasiga ixtisoslashgan, Dav...

Niderlandiyada o‘zbek tilini o‘rganishg...

O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasida Yevropa mamlakatlarida o...

So`nggi yangiliklar