Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi


TOSHKENT, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. Kecha Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraislari, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikning joriy holati va uni yana-da kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar yuzasidan konstruktiv fikr almashildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirilining maʼlum qilishicha,  tomonlar O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilganligini qayd etib, o‘zaro munosabatlarning bunday shakli ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashning samarali vositasi ekanligini taʼkidladi.

Investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, tomonlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiya investitsiyalari oqimining yuksalayotgan dinamikasini yuqori baholab, sanoat kooperatsiyasining qo‘shma loyihalarini ko‘paytirish muhimligini taʼkidladilar. Uchrashuv ishtirokchilarining fikricha, Rossiya ishlab chiqaruvchilarining texnologik imkoniyatlari va O‘zbekistonning xom ashyo bazasi va iqtisodiy resurslarini hisobga olgan holda mazkur yo‘nalish yana-da rivojlanish uchun salmoqli salohiyatga ega.

O‘zaro savdo rivojlanishida ijobiy tendensiya qayd etildi. Xususan, 2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston – Rossiya tovar aylanmasining o‘sishi 2019 yilga nisbatan 13 foizni tashkil etdi va joriy yilning yanvar – may oylari mobaynida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning Rossiyaga yetkazib berilayotgan eksport hajmi 24 foizga o‘sdi.

Shu nuqtai nazardan, tomonlar 2020 yil oktyabr oyida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida erishilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi kelishuvlarning bajarilishini muhokama qildilar. Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishining kun tartibini muhokama qilish hamda yangi investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini ishlab chiqish maqsadida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari ishini faollashtirish va 9 ta kichik komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro iqtisodiy hamkorlik doirasida mushtarak vazifalarni hal etishni jadallashtirish maqsadida navbatdagi amaliy saʼy-harakatlarni belgilab oldi.

Mavzuga oid

IHT Bosh kotibi «Markaziy va Janubiy Osi...

O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi (IHT) doimiy vakili Ulug‘bek Maqsudov tash...

“Saroy javohiri” seriali qahramoni O‘zbe...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi Qo‘qon shahri hokimi M.Usmonov, «Group Eight» va «LY...

Ar-Riyodda o‘tkazilgan muzokaralarda O‘z...

Kecha O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Ar-Riyod shahriga tashrifi davomida Bosh vazir o‘...

So`nggi yangiliklar