Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Oktabr/2020   Madaniyat

Moskvadagi Sharq xalqlari sanʼati davlat muzeyi kolleksiyasida saqlanayotgan “Boburnoma” miniatyuralari Vladivostokdagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda


VLADIVOSTOK, 24-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Vladivostok shahridagi Primorsk davlat badiiy galereyasida joriy yil 3-oktyabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligi, Sharq xalqlari sanʼati davlat muzeyi (Moskva) va O‘zbekiston Respublikasining Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida “Sharq davlat muzeyi kolleksiyasidagi “Boburnoma” miniatyuralari” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taʼkidlash joizki, federal muzey Uzoq Sharqda birinchi marta o‘zining eng qimmatbaho to‘plamlaridan birini taqdim etdi.

Buyuk davlat arbobi va shior Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asariga chizilgan miniatyuralar Sharq davlat muzeyi fondidagi eng durdona to‘plamlardan sanaladi.

Ushbu miniatyuralar tadqiqotchilar eʼtiborini o‘ziga doimo jalb qilib keladi. Ular hind miniatyura maktabining boburiylarga tegishli dastlabki betakror namunalaridandir. 57 varaqda 69 ta miniatyura sanʼati namunalari o‘rin olgan. Ularda saroydagi bazmlar, ov va jang sahnalari, Hindiston tabiati va hayvonot dunyosi, shuningdek, buyuk boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530-yillar) qo‘lyozmalariga bitilgan tasvirlar aks etgan.

Mavzuga oid

Gandi uy-muzeyida O‘zbekistonga bag‘ishl...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va Dehli shahrida joylashgan Mahatma Gandi uy-m...

Berlin kinofestivalida xalqaro Toshkent ...

“O‘zbekkino” Milliy agentligi vakillari Germaniyaning mashhur “Berlinale” kinofestivalida ...

Tomas Uelsford: Alisher Navoiy g‘azallar...

Oksford universiteti Sharqshunoslik fakulteti ilmiy xodimi, O‘zbekiston tarixi va madaniya...

So`nggi yangiliklar