Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Moskvadagi vatandoshimiz: Inson qadri, shaʼni va g‘ururi Konstitutsiya himoyasida bo‘lishi O‘zbekistonni yana-da demokratik davlatga aylantiradi

MOSKVA, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan  Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda ko‘tarilgan tashabbuslar bo‘yicha Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti 4-bosqich talabasi Maʼruf Mahmudov “Dunyo” AA muxbiri bilan suhbatda quyidagi fikr-mulohazalarini bayon qildi:


– Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlardan doimo xabardor bo‘lib turaman. So‘nggi kunlarda dolzarb mavzuga aylangan Konstitutsiyani yangilash va takomillashtirish fikri aynan xalqimiz tomonidan bildirilgani judayam muhim deb o‘ylayman. Hech kimga sir emas, davlatimiz so‘nggi yillarda jadal surʼatlarda rivojlanmoqda, xalqimizning dunyoqarashi va turmush tarzi ham o‘zgarmoqda.

Bu yangilanishlar, albatta, Vatanimizning huqukiy poydevori bo‘lmish Konstitutsiyamizni ham chetlab o‘tmasligi lozim. Vatandoshlarimiz tomonidan bildirilayotgan minglab fikr-mulohazalar Konstitutsiyamizni yana-da takomillashtirishga qaratilgan. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston fuqarolari hayotini yana-da yaxshilashga, mamlakatimizni yana-da taraqqiy ettirishga, kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratishga imkon beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, barcha islohotlar “inson-jamiyat-davlat” yondashuvini Asosiy qonun – Konstitutsiyamiz mazmuniga chuqur singdirishga qaratilgan. Bundan buyon inson qadri, shaʼni va g‘ururi Konstitutsiya himoyasida bo‘lishi O‘zbekistonni yana-da demokratik davlatga aylantiradi.

Mavzuga oid

Qozog‘istondan munosabat: O‘zbekistonlik...

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi “Paxtakor” o‘zbek etnomadaniy birlashmasi raisi o‘...

Indoneziyadagi vatandosh: Konstitutsiyav...

Indoneziyadagi vatandoshimiz, “PT Panda Coco Charcoal” kompaniyasi direktori Avazbek Ishb...

Germaniyadagi vatandoshlar: Asosiy qonun...

Germaniyada ishlayotgan va tahsil olayotgan yosh vatandoshlarimiz “Dunyo” AA uchun interv...

So`nggi yangiliklar