Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Sentabr/2020   Sport

Murodjon Ahmadaliyev noyabrda chempionlik kamarlari himoyasi uchun ringga ko‘tariladi


TOSHKENT, 17 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Professional boks tarixidagi rekord – eng kam jang o‘tkazib, ikki kamarni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manbasiga asoslanib.

Ma’lum bo‘lishicha, bokschimiz noyabr oyi oxirgi haftasida ringga ko‘tariladi va o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini himoya qiladi. Ahmadaliyevning raqibi IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar va jahon chempioni yaponiyalik Ryosuke Ivasa bo‘lishi kutilyapti. Ayni paytda tomonlar bu borada muzokaralar olib bormoqda.

Ushbu boks oqshomi “Matchroom” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi va unda qator mashhur nomdor bokschilar jang o‘tkazishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev shu paytga qadar professional boksda 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘olib bo‘lgan. Bo‘lajak raqibi Ryosuke Ivasa esa 27 ta jangda qatnashib, ularning 24 tasida g‘olib bo‘lgan, 3 bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Mavzuga oid

«Bosh vazir kubogi – 2020» : O‘zbekiston...

Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionining asosiy arenasida «Bosh vazir kubogi – 2020» t...

Xalqaro tennis federatsiyasi Tokio Olimp...

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) koronavirus pandemiyasi sabab 2021 yilga qoldirilgan T...

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh...

Jahonda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli FIFA...

So`nggi yangiliklar