Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Dolzarb

Nadin Mayenza: So‘nggi to‘rt yil mobaynida diniy erkinliklarni yaxshilash masalalarida bunday muvaffaqiyatlarga erishgan boshqa mamlakat dunyoda yo‘q

BUXORO, 20-may. /“Dunyo” AA/. Ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumida so‘zga chiqqan AQSH Xalqaro eʼtiqod erkinligi bo‘yicha komissiyasi raisi Nadin Mayenza O‘zbekistonda diniy erkinliklar sohasida erishilgan diqqatga molik muvaffaqiyatlarga eʼtibor qaratdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.  


Uning fikricha, O‘zbekiston boy tarixiy merosga tayanadi. AQSH komissiyasi raisi so‘nggi to‘rt yil ichida dunyoda diniy erkinliklarni yaxshilashda bunday taraqqiyotga erishgan boshqa mamlakat yo‘qligiga amin ekanligini aytdi. U Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatda fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, eʼtiqod erkinligi va dinlararo hamjihatlikni taʼminlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz: «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Global jalb qilish instituti (AQSH) bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va  diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Bugun forumning xorijlik ishtirokchilari Buxoroning boy madaniy va tarixiy merosi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.

Mavzuga oid

Belgiyadan munosabat: O‘zbekiston hayoti...

Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi bosh direktori Oybek Shayxov ikkin...

Yaponiya BMT Barqaror rivojlanish maqsad...

Yaponiya parlamenti Vakillar palatasining deputati, Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bi...

Ertaga O‘zbekiston va Hindiston tahlil ...

Ertaga O‘zbekiston-Hindiston tahlil markazlarining uchinchi forumi onlayn shaklda bo‘li...

So`nggi yangiliklar