Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Fevral/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Navoiy pedagogika instituti va Sanderlend universiteti o‘qituvchi kadrlarni birgalikda tayyorlash to‘g‘risida kelishib oldi

LONDON, 19-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi Navoiy davlat pedagogika instituti (NDPI) va Buyuk Britaniyaning Sanderlend universiteti (University of Sunderland) o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirdan maqsad ikki oliy bilim yurti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Onlayn-muloqotda Sanderlend universiteti Xalqaro rivojlanish departamenti direktori Jeymi Simpson universitet faoliyati haqida so‘zlab berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur oliy bilim yurti «The Guardian University 2020» reytingida Buyuk Britaniya universitetlari orasida STEM taʼlimi, boshlang‘ich va o‘rta maktablarda aniq, gumanitar va tabiiy fanlar (kimyo, fizika, AKT, matematika, biologiya, geografiya, tarix va boshqalar)ni intensiv o‘qitish sohasida o‘qituvchilarni tayyorlash, inklyuziv taʼlim va o‘qituvchilar malakasini oshirishda 2-o‘rinni egallab turibdi.

O‘z navbatida, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov oliy taʼlim muassasasining taqdimotini o‘tkazdi. U o‘rta muddatli istiqbol uchun mo‘ljallangan rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish rejalari haqida so‘zlab berdi.

Muhokamalar davomida hamkorlikning dastlabki qadamlari sifatida tomonlar o‘qituvchilarni, ayniqsa ingliz tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha intensiv kurslarni tashkil etish, ko‘ngilli o‘qituvchilarni ingliz tilini o‘rgatish uchun O‘zbekistonga taklif qilish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishni belgilab oldi. Kelajakda bakalavriat va magistr darajalarida «ikki  tomonlama» diplom berish  dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Tegishli hamkorlik memorandumini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Sanderlend universiteti «Times Higher Education» reytingi bo‘yicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universiteti qatoriga kiritilgan. Hozir bu yerda 100 dan ortiq mamlakatdan 20 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Boku davlat universi...

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov Boku davlat universiteti rektori...

O‘zbekiston elchixonasi Daniyada konsull...

Mamlakatimizning Benilyuks davlatlaridagi (qarorgohi - Bryusselda) elchixonasi xodimlari t...

Buyuk Britaniyada Alisher Navoiy tavallu...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan joriy yil 8 fevral kuni buyuk s...

So`nggi yangiliklar