Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Iyun/2022   Ilm-fan

Navoiy shahrida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. Navoiy shahrida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining ishlanmalari ko‘rgazmasi hamda «Fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasi – rivojlanish va taraqqiyot garovi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ushbu ko‘rgazma va xalqaro konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, tog‘-konchilik, farmatsevtika sohalarini rivojlantirishdagi salmoqli ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda yangi texnologiyalarni tadbiq etish, mavjudlarini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Ko‘rgazmada Fanlar akademiyasining 10 dan ortiq ilmiy tashkilotlari olimlarining 100 ga yaqin ishlanmalari namoyish etildi.

Navoiy viloyatida joylashgan yirik sanoat korxonalari hamda qishloq xo‘jaligi klasterlari vakillari va fermerlar, jami 200 ga yaqin  ishtirokchi qatnashdi.

Bundan tashqari, 10 dan ortiq xorijiy davlat, jumladan, Bolgariya, Latviya, Belarus, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Belgiya, Tojikiston, Qozog‘iston  va Qirg‘iziston olim va mutahassislari onlayn va oflayn shakllarda ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rgazma va xalqaro konferensiya olimlar tomonidan yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, so‘nggi ilmiy ishlar natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash imkonini beradi.

Mavzuga oid

Toshkent davlat yuridik universitetida A...

Toshkent davlat yuridik universitetida 10 aprel soat 10:00 da AQShning Gonzaga universitet...

O‘zbek olimi Butunjahon arab tili ittifo...

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti olimi, professor Shorustam Shomusarov Butunjah...

Xorijdagi vatandosh ishtirokida «Elektro...

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti va Lomonosov nomidagi Mo...

So`nggi yangiliklar