Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Mart/2023   Jamiyat

Navro‘z bayrami Sankt-Peterburg shahrida keng nishonlandi

SANKT-PETERBURG, 25-mart. /“Dunyo” AA/.“Vatandoshlar” jamoat fondi rahbariyati boshchiligidagi mamlakatimizning din ulamolari hamda madaniyat va sanʼat sohasi vakillari delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari “Kingisepp mashinasozlik zavodi  hamda “Mirustroy” shirkatiga qarashli qurilish maydoniga borishib, u yerda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz holidan xabar olishdi. Sanʼatkorlar bilan bo‘lib o‘tgan bevosita muloqot va ularning madaniy chiqishlari vatandoshlarmiz tomonidan iliq kutib olindi.

Muloqotlar davomida joriy yil 30 aprel kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida ushbu tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatadigan O‘zbekiston fuqarolarining ishtiroki bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ushbu muhim siyosiy tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar milliy manfaatlarimizni xalqaro maydonda faol ilgari surish, nafaqat davlatimiz, balki xorijdagi fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ham yana-da mustahkamlash, ularga g‘amxo‘rlik, inson qadrini ulug‘lash bilan izohlanishi alohida qayd etildi.

Uchrashuv so‘nggida fuqarolarimiz O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakili Yahyo domla Abdurahmonovning maʼruzasini tinglashdi. U  xorijdagi vatandoshlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, o‘zlikni anglash va milliy qadriyatlarimiz hamda madaniyatimizni keng targ‘ib etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. O‘zaro muloqotlar Navro‘z bayrami dasturxoniga ulanib ketdi.

Shuningdek,  “Baltrans” MCHJ qurilish shirkatida faoliyat yuritayotgan hamda Sankt-Peterburg shahar 1-sonli xorijliklarni saqlash markazida vaqtincha saqlanayotgan vatandoshlarimiz ham bayram taomlaridan bahramand bo‘lishdi.

Shundan so‘ng A.I.Gersen nomidagi Sankt-Peterburg Davlat pedagogika universiteti hududida joylashgan “Kolonnalar zali” konsert koshonasida taniqli o‘zbek  estrada xonandalari Otabek Mutalxo‘jayev, Nargiza Azimova, Gavhar Zokirova, Kamilla Ostanaqulova, Rossiya estrada xonandalari - Galina Yasnaya, Olga Nikitochkina, kino sanʼatkorlar - Vladimir Yarosh va Andrey Yegorovlar ishtirokida bayram konserti namoyish etildi.

Konsertning ochilish qismida so‘zga chiqqan Bosh konsulxona va “Vatandoshlar” jamoat fondi rahbariyati tomonidan bugungi kunda O‘zbekistonda inson qadri va xalq manfaati yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, xorijda doimiy va vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlarning huquq va manffatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi muhim maʼlumotlar taqdim etildi.   

Mavzuga oid

Germaniyadagi vatandoshlar COVID-19 oqib...

Bosh konsulxona Germaniya janubiy yerlarida yashab, turli sohalarda faoliyat olib borayotg...

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan qabul marosim...

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiy...

Oliy Majlis Senati Raisi Buyuk Britaniya...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva kecha Buyuk Britaniyaning inson hu...

So`nggi yangiliklar