Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   Jamiyat

«NazzAR» startap loyihasining elektron muzeyi Jizzax shahrida o‘rnatildi

TOSHKЕNT, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/. Jizzax shahri Shodlik mahallasida SmartChain AT kompaniyasi direktori Bobur Rahimov bilan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bobur Rahimov yoshlarga «NazzAR» innovatsion startap loyihasi va uning ahamiyati, yoshlarga ta’siri haqida zarur tushunchalarni bergani barobarida «NazzAR» startap loyihasining elektron muzeyini mahallaga sovg‘a qildi.

So‘ngra Jizzax viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Mansur Musayev Jizzax viloyatidagi innovatsion muhit, yoshlar orasida startap loyihalarni har tomonlama takomillashtirish va yanada rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida yoshlarga ma’lumotlar berdi. 

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot markazidan ma’lum qilinishicha,  mazkur davra suhbati yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Ta’kidlash joizki, vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan startap loyihalaridan biri – to‘ldirilgan reallikka asoslangan «NazzAR» mobil ilovasini yaratgan SmartChain AT kompaniyasidir.

«NazzAR» startap loyihasi har qanday moddiy vositaga kengaytirilgan reallik elementlarini birlashtirishi mumkin bo‘lgan innovatsion dastur hisoblanadi. Smartfon orqali «NazzAR» belgisiga yo‘naltirilganda mobil qurilma ekranida real ob’ektlarning 3D shakllari, video roliklari, foto suratlar jonlanadi.

Mavzuga oid

WBC raisi: O‘zbekiston rivojlanayotgan m...

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Amerika Qo‘shma Shtatlarining

DSQ raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mir...

Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev karantin davrida jismoniy...

Toshkentda «Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, me...

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» sanʼat s...

So`nggi yangiliklar