Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Fevral/2023   Hamkorlik

Neft-gaz korxonalarida mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik ishchilarni Tyumen industrial universitetida o‘qishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi

YEKATERINBURG, 8-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Tyumenga amaliy safari davomida Tyumen industrial universiteti (TIU) rektori Veronika Yefremova bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Suhbat davomida O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari va Tyumen industrial universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ushbu oliy bilim yurtida taʼlim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda TIUda  236 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qimoqda.

Veronika Yefremova TIU va Jizzax politexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim mavjudligini bildirib, universitet O‘zbekiston taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaaatdor ekanini maʼlum qildi.

O‘zbek diplomatlari universitet rahbariga konsullik okrugidagi neft va gaz qazib olish hamda uni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonalarida vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini TIUda o‘qishga jalb etish taklifini bildirdi.

Universitet rektori mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlab, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini oliy bilim yurtining filiallarida tahsil olishini takshillashtirish imkoniyatini o‘rganib chiqishga tayyor ekanini qayd etdi.

Mavzuga oid

Braziliyalik deputatlar O‘zbekistonni o‘...

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Brazilia shahriga tashrifi davomida Braziliya Milliy Ko...

O‘zbekiston bilan Kareliya o‘rtasida oli...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (TMMA) Sankt-Pe...

O‘zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorl...

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Islom...

So`nggi yangiliklar