Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Iyul/2020   Dolzarb

Nemis tekstil korxonalari O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishlaydi


BERLIN, 1 iyul. /«Dunyo» AA/. Germaniya mamlakatimiz tekstil mahsulotlarini import qiladigan Yevropadagi yirik xaridorlardan biri hisoblanadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

2019 yilda nemis kompaniyalari 8 million AQSh dollari miqdorida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan trikotaj mahsulotlarini xarid qildi. Ular asosan tabiiy toza va paxtadan tayyorlagan kiyim-kechaklarga katta qiziqish bilan qaraydi.

Jumladan, o‘tgan yili Germaniyaning «Bimeco Garnhandel Gmbh&Co.KG» kompaniyasi 1 million AQSh dollari miqdoridagi paxtadan tayyorlangan O‘zbekiston ip-kalavalarini sotib oldi. Koronavirus pandemiyasi oqibatida trikotaj korxonalarida ishlab chiqarish hajmi pasayishiga qaramasdan, joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida kompaniya 500 ming AQSh dollari miqdorida O‘zbekiston mahsulotlarini import qilishga erishdi.

Kompaniya boshqaruvi a’zosi va ijrochi direktori Shtefan Overbekning ta’kidlashicha, ayni paytda Germaniya tekstil korxonalari O‘zbekiston bozorining rivojlanishi va hukumat tomonidan ushbu sohalarga qaratilayotgan e’tiborni diqqat bilan kuzatmoqda.

Sir emas, Xalqaro «Cotton Campaign» tashkilotining O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta yig‘im-terimida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilayotgani haqidagi ma’lumotlariga asoslanib, 2011 yilda jahondagi yirik brendlar O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlariga boykot e’lon qilgandi. Bu, o‘z navbatida, milliy ishlab chiqaruvchilar eksportining rivojlanishiga va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shtefan Overbek fikriga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda Germaniya Federal hukumati, nemis biznes va ekspertlar jamoatchiligi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda demokratik talablarga to‘la mos zamonaviy jamiyat qurish va inson huquqlarini ta’minlash borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni e’tirof etmoqda.

– So‘nggi uch yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev inson huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratdi, – dedi u. – Yaqinda qabul qilingan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiya esa so‘zsiz oldinga tashlangan yana bir qadamdir. Shuningdek, O‘zbekiston inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan, 6 ta asosiy shartnoma va 4 ta BMT protokoli shular jumlasidandir. Shuningdek, muntazam ravishda Inson huquqlari bo‘yicha kengash va BMTning shartnoma qo‘mitalariga ularning ijrosi to‘g‘risida milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda. Bu esa O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatni ushbu sohada xalqaro standartlarga javob beradigan davlatga aylantirish borasidagi qat’iyatini namoyish etadi.

Xalqaro ekspertlar ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 22 iyundagi «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni va uni hayotga tatbiq etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni yuksak baholamoqda.

Ishonamanki, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda oldinga tashlangan qadam va qabul qilingan me’yorlardan keyin «Cotton Campaign» tashkiloti qisqa vaqtlar ichida O‘zbekiston tekstil mahsulotlariga qo‘yilgan boykotni bekor qiladi.

Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston tekstil sanoatining rivojlanishiga va jahondagi mashhur brendlarning O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishiga turtki bo‘ladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Afg‘onistonga temir yo‘l soh...

O‘zbekistonda 30 nafarga yaqin afg‘onistonlik yoshlar temir yo‘l sohasi bo‘yicha malaka os...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shav...

Muhtaram Rais Vo‘lkan Bozkir janoblari!

“Berliner Telegraph”: inson huquqlari bo...

Germaniyaning "Berliner Telegraph" nashrida yakuniga yetgan Yoshlar – 2020: global birdaml...

So`nggi yangiliklar