Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Fevral/2023   Madaniyat

Niderlandiyada Navoiy tavallud kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda

BRYUSSEL, 7-fevral. /“Dunyo” AA/. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbek madaniy markazi rahbari, yozuvchi va tarjimon Sharifjon Ahmadiy bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Alisher Navoiy tavallud kunini nishonlash doirasida Niderlandiyada qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, o‘zbek va ozar xalqlarining azaliy adabiy-madaniy aloqalariga bag‘ishlangan «Nizomiy Ganjaviydan Alisher Navoiyga qadar» nomli onlayn-anjuman muvaffaqiyatli tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Niderlandiya, Germaniya va ozarbayjonlik adabiyotshunos olimlar va ikki ulug‘ alloma badiiy merosining muxlislari ishtirok etdi.

Ushbu mavzudagi navbatdagi tadbir «Afsonalar yurtiga sayohat» deb nomlanishi qayd etildi. 19 fevral kuni uyushtiriladigan ushbu anjumanga mamlakatimizning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasi bosh-qosh bo‘lmoqda. Shuningdek, Turkiyaning Yunus Emro instituti va qator hammaslak do‘stlar yaqindan ko‘mak bermoqda. Mazkur tadbir doirasida taniqli musavvir, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi Rahimjon Hakimovning asarlaridan iborat zamonaviy O‘zbekiston tasvirlari tushirilgan fotoko‘rgazma tashkil etiladi. Shuningdek, o‘zbek mumtoz qo‘shiqlari ijrochilari – “Oxus culture” guruhining musiqiy dasturi yurtimizning boy madaniyatini tadbir mehmonlariga yaqqol namoyish etadi.

Mavzuga oid

Xalqaro ekspertlar Toshkent kinofestival...

"O‘zbekkino" milliy agentligida tashkil etilgan "Assalom, Navro‘z" kinooyligi doirasida "...

«Lazgi»ning YuNESKO ro‘yxatiga kiritilga...

BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh direktori O...

O‘zbekiston sanʼat ustalari «7-Chejudo x...

21-23 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Chejudo provinsiyasida «7-Chejudo xalqaro xor fest...

So`nggi yangiliklar