Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Niderlandiyada O‘zbekiston savdo uyi ochiladi


BRYuSELL, 16 aprel. «Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov Niderlandiyada O‘zbekiston savdo uyini ochish va o‘zbek milliy mahsulotlarining xorijga eksport hajmini oshirishga qiziqish bildirayotgan investorlar «Agri food NL LTD» direktori Toerijalai Ahmadi va «Afghan Dutch BV» kompaniyasi bosh direktori Manan Hotak bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xorijiy hamkorlar 2020 yilda O‘zbekistonda boshlagan biznes faoliyati muvaffaqiyatli davom etayotgani va bu mamlakatda davlat rahbari boshchiligida hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, tadbirkorlarga, xorijiy sarmoyadorlarga berilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy natijasi ekanini e’tirof etdi.

Tadbirkorlar Niderlandiyada O‘zbekiston savdo uyi ochish va Yevropa bozorlari uchun talab yuqori bo‘lgan o‘zbek milliy mahsulotlarining turini ko‘paytirishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Yevropa, qolaversa jahon bozorlarida katta tajribaga ega bo‘lgan sarmoyadorlar YeIga o‘zbek mahsulotlari eksportini oshirishda, avvalo, mahsulotning yuqori sifati va biologik tozaligiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Niderlandiyalik hamkorlar ushbu vazifani amalga oshirish jarayonida O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining yevrosifat va biologik tozaligini tekshiruvchi zamonaviy laboratoriya o‘rnatish hamda o‘zbek mutaxassislariga bu yo‘nalishda bilim berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Oxirgi besh yil davomida O‘zbekiston ichki va tashqi bozorini o‘rgangan hamkor Toerijalai Ahmadi «Laboratoriyani o‘rnatish nafaqat biz uchun, balki biz kabi boshqa ko‘pchilik eksportchilarning ham ishini yengillashtirishi va o‘zbek mahsulotlarining jahon bozorlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi», dedi.

Niderlandiya vakillari O‘zbekiston ichki bozorida mahsulotlarni yig‘ish va laboratoriya yurgizishda o‘zbek mahalliy sarmoyadorlarini hamkorlikka chaqirdi.

Suhbatda Niderlandiyada yaqin kunlarda O‘zbekiston savdo uyining rasmiy ochilishini tashkil etish va dastlabki bosqichda o‘zbek milliy mahsulotlarining taqdimotini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun. «Agri food NL LTD» kompaniyasi 2019 yilda quritilgan meva va dukkakli o‘simliklarni qayta ishlash, qadoqlash va Yevropa mamlakatlariga eksportni amalga oshirish uchun Toshkent viloyatiga yirik miqdorda sarmoya jalb qilgan.

Mavzuga oid

Fransiya ommaviy axborot vositalari «Sue...

Fransiyaning yetakchi nashriyot uyi «Le Figaro» veb-sahifasida «O‘zbekiston: Toshkentning ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoq...

O‘zbekiston va Polsha iqtisodiy munosaba...

Onlayn muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va ta...

So`nggi yangiliklar