Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Iyul/2020   Iqtisodiyot

Niderlandiyalik sarmoyador O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda


AMSTERDAM, 15 iyul. /«Dunyo» AA /. O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Niderlandiyaning «Geerlofs» kompaniyasi eksport bo‘yicha menejeri Piter Robbemont bilan mevalarni muzlatish uchun zamonaviy texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha onlayn muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

1933 yilda tashkil etilgan «Geerlofs» kompaniyasi tez buziladigan mahsulotlar — gullar, sabzavotlar, mevalar, go‘sht va baliqlarni saqlash uchun muzlatgichlar hamda omborxonalar ishlab chiqarish, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. «Geerlofs» ning Xitoy, Efiopiya, Keniya, Rossiya va Singapurda vakolatxonalari, shuningdek, ko‘plab boshqa mamlakatlarda vakillari va hamkorlari bor.

Kompaniya O‘zbekiston bozorida 2014 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 6 yillik hamkorlik davomida Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 9 ta yirik sovitish uskunalari loyihalari amalga oshirildi. Suhbatdosh O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va respublikada biznesni rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjudligini ta’kidladi.

— O‘zbekiston biznes muvaffaqiyatli rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. «Geerlofs» ko‘p yillar davomida inson kapitaliga sarmoya kiritib, xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Ayni paytda Niderlandiya kompaniyasi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida sovitgichli omborxonalar qurish loyihasini amalga oshirmoqda.

Niderlandiya kompaniyasi vakili o‘z rejalari bilan bo‘lishar ekan, «Geerlofs» respublikadagi ishtirokini kengaytirishni, shu jumladan, O‘zbekistonning boshqa mintaqalarida yangi muzlatgichli omborxonalarni tashkil etish niyatida ekanini aytdi.

Uning qayd etishicha, «Geerlofs» texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati — vazn va namlikda minimal yo‘qotishlarga ega mahsulotlarning yangiligini saqlash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishidadir. Bunga eng kam karbonat angidrid miqdori bo‘lgan muhitni yaratish orqali erishiladi. Nazorat qilinadigan gaz muhiti tizimi bo‘lgan kameralar yaratilib, ular mahsulotlarni bir yilgacha saqlashga imkon beradi.

Bundan tashqari, maxsus PLS dasturi loyihani masofadan boshqarish va har bir kamerani alohida sozlash imkonini beradi. Agar mijoz muzlatgichni ijaraga olsa, bu texnologiya juda zarur.

Muzokaralar yakunida o‘zbekistonlik fermerlar uchun muzlatgichli omborxonalarni qurish bo‘yicha treninglar va vebinarlarni tashkil qilish hamda respublika mintaqalarida yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Xitoylik investorlar Namanganda gilos pl...

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xitoylik investorlar tomonidan tashkil et...

Surxondaryo viloyatidan 82,4 million dol...

Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida Surxondaryo viloyatidagi hududiy va tarmoq korxonalari...

O‘zbekiston Bosh vaziri rahbarligidagi ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov boshchiligida vazirlik, idora, ta...

So`nggi yangiliklar