Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/May/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Niderlandiyaning «Lumidea Engineering» kompaniyasi O‘zbekiston yo‘l-transport sohasida loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda


BRYUSSEL, 26- may. /“Dunyo” AA/. Bu haqda Niderlandiyaning «Lumidea Engineering» kompaniyasi rahbari Eshref Ozshaxin O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiyada maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Lumidea Engineering» Niderlandiyadagi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya  uy-joy majmualari, kasalxonalar, yo‘llar va ko‘priklar qurish bilan shug‘ullanadi.

2019 yil sentyabr oyida «Lumidea Engineering» kompaniyasi Xorazm viloyati Xiva tumani hokimligi bilan hamkorlikda taxmina 15 million dollarlik asfalt zavodini qurish va beton buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

E.Ozshaxin O‘zbekiston yo‘l infratuzilmasiga investitsiya kiritish jozibador bo‘lib borayotganini taʼkidladi. Mamlakat poytaxti va hududlarda xalqaro tashkilotlar hamda xususiy sheriklarni jalb qilgan holda yo‘llar qurish va taʼmirlash ishlari jadal olib borilmoqda.

— Hukumat shahar yo‘l infratuzilmasidan tashqari, shaharlararo yo‘llarning sifatini yaxshilashga oid dasturlarni ishlab chiqmoqda.  Zamonaviy transport almashish punktlari, ko‘priklar, yer osti o‘tkazgichlari va videokuzatuv tizimiga ega texnik markazlarni barpo etishga jiddiy  eʼtibor qaratilmoqda,— dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq va Turkmanistonda qator investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan kompaniya ilg‘or texnologiyalar asosida O‘zbekistonda ham zamonaviy yo‘l infratuzilmalarini barpo etishi mumkin.

«Lumidea Engineering» rahbari unga tegishli bo‘lgan “Harvelo” kompaniyasi ham Xorazm viloyatida investitsiya kiritish istagida ekanini qayd etdi.  “Harvelo” velosiped ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 2 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilishi mo‘ljallanmoqda.

Mavzuga oid

Hindiston kompaniyasi Andijon viloyatiga...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida ushbu davlatning " Ishan Group" kompaniyasi r...

O‘zbekiston va Ukraina o‘simliklar karan...

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari ushbu mamlakat Oziq-ovqat xavfsizligi va...

Farmatsevtika sohasida O‘zbekiston-Hindi...

Joriy yil 22 - 26 mart kunlari Hindiston Savdo va sanoat vazirligi ko‘magida Farmatsevtika...

So`nggi yangiliklar