Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   TIV yangiliklari

Noyabr oyida Parij shahridagi Luvr muzeyida “Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida» va Arab dunyosi institutida «Kaftanlar va choponlar» ko‘rgazmalari ochiladi

 TOSHKENT, 30-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Toshkentda O‘zbekiston va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 13-raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xorijiy delegatsiyaga Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligining kontinental Yevropa departamenti direktori o‘rinbosari Silven Giyoge rahbarlik qildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Joriy yil noyabr oyida Parijdagi Luvr muzeyida ochiladigan “Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida» va Arab dunyosi institutida tashkil etiladigan «Kaftanlar va choponlar» ko‘rgazmalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tibbiyot, taʼlim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, ilmiy muassasalar va bilim yurtlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Amaldagi va muhim ahamiyatga ega hujjatlar orqali ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari no...

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlarning giyohvand moddalar savdosiga qars...

Yaponiya tashqi ishlar vazirining mamlak...

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 30 yil ichida 230 bar...

O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazir...

Kecha Tehron shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqovning...

So`nggi yangiliklar