Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/May/2021   Siyosat

Nur-Sultonda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi


NUR-SULTON, 14 may. /"Dunyo" AA/. Bugun Qozog‘iston poytaxtida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tomonlar 10-14 may kunlari Nur-Sulton shahrida O‘zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati chegaralari tutashgan uchastkalarda davlatlararo chegara demarkatsiyasining yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi.

Muzokaralar konstruktiv ruhda o‘tdi.

Navbatdagi uchrashuvni may oyining oxirida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov videokonferensalo...

Geologiya sohasida zamonaviy universitet...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni poytaxtimizning Olim...

O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya kecha O‘zb...

So`nggi yangiliklar