Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Avgust/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Nyu-Yorkda O‘zbekistonning konstitutsiyaviy islohotlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

NYU-YORK, 3-avgust. /“Dunyo” AA/. Nyu-Yorkdagi AQSH va Kanada Buxoro yahudiylari Kongressi binosida O‘zbekistonning konstitutsiyaviy islohotlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Kongress rahbariyati, shuningdek, taniqli jamoat va siyosat arboblari, nufuzli ekspertlar, tadqiqotchilar, jurnalistlar hamda yirik tadbirkorlardan tashkil topgan Kongressning yetakchi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari haqidagi atroflicha  maʼlumotlar taqdim etildi. Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning umumxalq muhokamasida aholining barcha qatlamlari va fuqarolik jamiyati faol ishtirok etayotgani, Asosiy qonunga ko‘plab takliflar bildirishda yoshlarning alohida tashabbus va ijodkorlik ko‘rsatayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining boy madaniyatini asrab-avaylash va yuksaltirish, vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgarishlar ishtirokchilar eʼtiborini tortdi.

Davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekistonda Asosiy qonunini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni olqishladilar. Ular konstitutsiyaviy jarayonning shaffofligi va ochiqligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholadilar.

Amerikalik ekspertlar so‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi qiyofasi tubdan o‘zgargani, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va demokratik islohotlarning namunasi sifatida namoyon bo‘layotganini taʼkidladi. Bu jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilmoqda.

AQSH va Kanada Buxoro yahudiylari Kongressi prezidenti Boris Kandov O‘zbekiston xalqi uchun muhim siyosiy masala xorijda yashayotgan vatandoshlar ishtirokida ham muhokama etilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. «Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘magida o‘zbek xalqi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli konstitutsiyaviy islohotlar biz uchun alohida ahamiyatga ega», dedi u.

Boris Kandov AQSH va O‘zbekistonning taniqli jamoat arboblari, olim va mutaxassislari ishtirok etayotgan mazkur davra suhbati Konstitutsiyaning asosiy qoidalari, yangi moddalarini takomillashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. U yurtdoshlar, xususan, ularning Vatan bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy munosabatlariga oid o‘zgartishlarni qo‘llab-quvvatladi.

Kongressning siyosiy departamenti direktori Tavriz Aronova O‘zbekistonning konstitutsiyaviy referendum o‘tkazish rejasini qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, bu eng ilg‘or demokratik standartlar va xalqaro huquqning tamoyillariga to‘la mos keladi.

«Bukharian Times» gazetasi bosh muharriri Rafayel Nektalov O‘zbekiston Prezidentining ochiq va tinchliksevar tashqi siyosati Markaziy Osiyoda yangi do‘stlik, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini shakllantirish imkonini berganini alohida taʼkidladi. «Prezident Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlari bilan Yangi O‘zbekiston ham mintaqada, ham dunyoda alohida o‘rin tutmoqda», dedi u.

Jurnalistning aytishicha, O‘zbekiston keyingi yillarda mintaqada faol tashqi siyosat yuritib, qo‘shnilari bilan mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan muhim qadamlarni tashlamoqmoqda, tinchlik va barcha davlatlar bilan hamkorlikka izchillik bilan intilmoqda.

Mavzuga oid

AQSHdagi vatandoshimiz: Bosh qomusimiz l...

AQSHning Kaliforniya shtatidagi Berkli universiteti professori Shohzod Tohirov O‘zbekiston...

Singapurdagi vatandosh: Konstitutsiyaviy...

Singapurdagi “Toyota Motor Asia Pacific Pte. Ltd.” kompaniyasi yetakchi mutaxassisi Jasurb...

O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakov: A...

Nyu-York shahridagi “Shashmaqom” maktabi asoschisi va rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Iz...

So`nggi yangiliklar