10/Yanvar/2022 Tadbirlar
TOSHKENT, 10 yanvar. /“Dunyo” AA/. Nyu-York shahrining Bronk tumanidagi 19 qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan va 63 kishi jabrlangan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
«Associated Press» agentligi, shahar meri Erik Adamsga tayanib yozishicha, yong‘in oqibatida 19 kishining vafot etgani rasman tasdiqlangan, bir bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga joylashtirilgan.
Qurbonlar va jarblanganlarning aksariyati yong‘in oqibatida vujudga kelgan zararli tutundan aziyat chekkan.
«Bu so‘nggi o‘ttiz yil ichida Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan eng yirik yong‘in bo‘ldi», - deb yozadi «Associated Press».