Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Oktabr/2021   Sport

O‘FA birinchi-vitse prezidenti «Feyenoord» futbol klubi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi


TOSHKЕNT, 14-oktabr. /«Dunyo» AA/.  O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va  Niderlandiyaning «Feyenoord» futbol klubi xalqaro aloqalar bo‘yicha menejeri X.Vader o‘rtasida videomuloqot uchrashuvi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Uchrashuv davomida  xorijiy tomon O‘zbekistonda futbol sohasini rivojlantirish,  ushbu sport turiga aholi, ayniqsa yoshlarni keng jalb qilish, futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, soha mutaxassislarini tayyorlash, respublikamizda o‘tkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan xabardor qilindi.

X.Vader bilan o‘zaro istiqbolli yo‘nalishlar, shu jumladan, O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida O‘FA va «Feyenoord» FK o‘rtasida futbol bo‘yicha mutaxassilarni tayyorlash yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma seminar va treninglar tashkil etish, o‘zbekistonlik futbol murabbiylarini «Feyenoord»da malaka oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  O‘zbekiston va ushbu klubning yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish tashabbuslari bildirildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning iqtiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Olimpiya umidlari: Yunon-rum...

Yaponiya poytaxti Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida zafar...

Yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘rniga «Olympi...

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) va Umumjahon Olimpiy...

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni mun...

Kuni kecha Toshkent shahrida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Men g‘...

So`nggi yangiliklar