07/Fevral/2023 Iqtisodiy diplomatiya
MASQAT, 7-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida “O‘zbaliqsanoat” uyushmasi va O‘monning «Oman Fisheries» kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn-muloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari muhokama qilindi. O‘mon kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonda baliqchilik sanoatini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va ushbu sohada investitsiya kiritish imkoniyatlari haqida maʼlumot taqdim etildi.
Tomonlar baliqchilik sohasida o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida o‘zaro tashriflarni tashkil etish yuzasidan kelishib oldi.