Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Hamkorlik

O‘mon kompaniyasi O‘zbekistonda rejalashtirilayotgan quyosh elektr stansiyalari loyihalariga konsalting xizmatlari ko‘rsatishni taklif qilmoqda

MASQAT, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida O‘monning «Green Energy» kompaniyasi bosh menejeri Alirizo Bazrafshaniy bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


O‘mon tomoniga O‘zbekistondagi investitsiya muhiti va xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imtiyoz hamda preferensiyalar haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

«Green Energy» kompaniyasi bosh menejeri Alirizi Bazrafshaniy O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga yetarlicha imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi.

- «Green Energy» kompaniyasi o‘zining asosiy yo‘nalishi sifatida energetika, xususan, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha istiqbolli loyihalarga konsalting xizmatlarini taklif etadi, - dedi  Alirizo Bazrafshaniy. - Shu sababli kompaniyamiz O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxonalarga xizmat ko‘rsatishga tayyor. Shuningdek, savdo-iqtisodiy va turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlarning O‘mon hamda mintaqaning boshqa mamlakatlari bozorlariga eksportini tashkil qilish hamda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayyohlik turlarini tashkil etish uchun charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishi mumkin.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalarni batafsil o‘rganish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida kelgusida «Green Energy» kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid

Kuvayt aviakompaniyasi 30-sentyabrdan bo...

O‘zbekiston va Kuvayt poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘y...

Dehlida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindis...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining tashrifi doirasida Dehli shahrida O‘zbekiston Bosh ...

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi AQSHda Xalqar...

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniy...

So`nggi yangiliklar