Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2020   Buxoro - Islom olami madaniyati poytaxti

O‘mon Sultonligining «Vijxat» gazetasida Buxoro – Islom olami madaniyati poytaxti mavzusida maqola chop etildi

MASQAT, 3 mart. /«Dunyo» AA/. O‘mon Sultonligining ixtisoslashgan «Vijxat» gazetasida O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy hayotidagi muhim voqea – Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi (ISESCO) tomonidan Buxoro – Islom olami madaniyati poytaxti, deb e’lon qilingani to‘g‘risida maqola chop etildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri.


Muallif maqolada shu munosabat bilan O‘zbekistonda joriy yil aprel oyida o‘tadigan tadbirga ko‘rilayotgan hozirlik va uning ko‘lami haqida so‘z yuritadi.

Mazkur materialda, shuningdek, tadbir dasturi doirasida «O‘zbekistonning islom olami madaniy merosdagi o‘rni» va «Imom Buxoriyning zamonaviy ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzularida xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi, xalqaro ilmiy-amaliy forum va usta-hunarmandlar, xattotlar ijodiy ishlari ko‘rgazmalari tashkil etilishi haqida ma’lumot beriladi.

Mavzuga oid

Sayyid Amir Kulol: Ilm talabida olovli y...

Fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Buxoro sh...

Mir Arab madrasasi - asrlar sinovidan o‘...

Yurtimiz azaldan islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgan.

«Kampirak devori»ning uzunligi 336 kilo...

Buxoro tarixi haqidagi asl haqiqatlar shahardagi qadimiy binolar va bugungi kunda ayrim jo...

So`nggi yangiliklar