Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyul/2021   COVID-19

O‘tgan bir kecha-kunduzda O‘zbekistonda 1 ming 187 kishida COVID-19 va pnevmoniya kasalligi aniqlandi


TOSHKЕNT, 26-iyul. /«Dunyo» AA/. O‘tgan bir kecha- davomida   O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 705 taga ortib, umumiy kasallanganlar soni 124 ming 995 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 482 nafar kishida pnevmoniya xastaligi aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Toshkent shahri (96), Toshkent (80) va Jizzax (73) viloyatlarida koronavirusga chalinish holatlari ancha yuqori.
 Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan 811 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan, kasallikdan sog‘ayganlarning umumiy soni 119 ming 449 nafarni tashkil etmoqda.
 Kecha, shuningdek, 7 nafar yurtdoshimiz ushbu kasallikning og‘ir kechishi oqibatida vafot etdi.
 Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida ushbu kasallik bilan og‘rigan  4 ming 707 nafar bemorga  da’vo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vako...

Eduards Stiprays "Dunyo" AA muxbiriga bergan intervyusida o‘zbek xalqini birdam bo‘lishga ...

Koronavirus bilan zararlanganlar orasid...

Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni ta...

Xitoy universiteti shifokorlari COVID-19...

Xitoyning Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universiteti shifokor va mutaxassislaridan ibor...

So`nggi yangiliklar