Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   COVID-19

O‘tgan bir kecha-kunduzda O‘zbekistonda 1 ming 408 kishida COVID-19 va pnevmoniya kasalligi aniqlandi. Koronavirusga chalingan 4 ming 929 nafar bemorga esa da’vo choralari ko‘rilmoqda


TOSHKЕNT, 29 iyul. /«Dunyo» AA/. Kecha, chorshanba kuni   O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 879 taga ortib, umumiy kasallanganlar 127 ming 506 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 529 nafar kishida pnevmoniya xastaligi aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Toshkent shahri (140), Toshkent (109) va Jizzax (98) viloyatlarida koronavirusga chalinish holatlari ancha yuqori.
 Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kecha koronavirus infeksiyasiga chalingan 573 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan, kasallikdan sog‘ayganlarning umumiy soni 121 ming 718 nafarni tashkil etmoqda.
 Kecha, shuningdek, 6 nafar yurtdoshimiz kasallikning og‘ir kechishi oqibatida vafot etdi.
 Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida ushbu kasallik bilan og‘rigan  4 ming 929  nafar bemorga  da’vo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

Toshkent shahrida koronavirusga chalinga...

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 129 nafar inson butkul...

Janubiy Koreya hukumati COVID-19 ga qars...

Bugun, 29 iyun kuni Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uch...

O‘zbekistonda yana 289 kishida koronavi...

18- iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar ...

So`nggi yangiliklar