Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   COVID-19

O‘tgan bir kecha kunduzda O‘zbekistonda 218 kishida koronavirus qayd etildi


 TOSHKENT, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘tgan bir kecha kunduzda  O‘zbekistonda 218 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 192 ming 599 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Eng ko‘p holat mamlakatimiz poytaxtida (65), Toshkent (53), Samarqand  (19)  va  Xorazm (18)  viloyatlarida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan 213 nafar bemor kecha ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.  

Shuningdek, juma kuni 3 nafar bemor koronavirus oqibatida vafot etgani maʼlum qilindi.

Ayni paytda mamlakatmiz shifoxonalarida koronavirusga chalingan 1 ming 945 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

COVID -19: O‘zbekistonda kecha koronavir...

1 fevral kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 taga ortib, u...

Vladivostokdan Toshkentga joriy haftadag...

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 14.20 da (Vladivostokda — 19.20) bortida 170 yo‘lovchisi b...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qa...

O‘zbekistonda 5 avgust soat 10:30 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar s...

So`nggi yangiliklar