Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   COVID-19

O‘tgan bir kecha kunduzda O‘zbekistonda 194 kishida koronavirus qayd etildi


TOSHKЕNT, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘tgan bir kecha kunduzda  O‘zbekistonda 194 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 195 ming 98 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yangi kasallanish holatlari respublikamizning barcha mintaqalarida kuzatildi. Eng ko‘p kasallanish holatlari mamlakatimiz poytaxtida (63), Toshkent (59), Andijon (13), Farg‘ona (11) va Xorazm (11) viloyatlarida kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan 179 nafar bemor kecha ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.

Shuningdek, chorshanba kuni 3 nafar bemor koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi. 

Ayni paytda mamlakatimiz shifoxonalarida koronavirusga chalingan 1 ming 889 nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda.

 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bi...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 1 ming 450 nafarga etdi.

O‘zbekistonga AQShdan insonparvarlik yor...

O‘zbekistonga AQShning Solt-Leyk-Siti (Yuta shtati) shahridan ikki ming nomdan ziyod bo‘lg...

COVID-19: O‘zbekistonda mart oyidan beri...

Juma kuni mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarning umumiy soni 73 ming 59...

So`nggi yangiliklar