Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   Eksport

O‘tgan yili O‘zbekiston dunyoning 182 mamlakati bilan savdo munosabatlarini hayotga tadbiq etdi

TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston o‘tgan yili jahonning 182 mamlakati bilan savdo munosabatlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayangan holda.


Tashqi savdo aylanmasining eng ko‘p hajmi Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda - 17,9% va 17,7%. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (9,3%), Turkiya (8,1%), Koreya Respublikasi  (4,5%), Qirg‘iziston (2,3%) va Turkmaniston (2,1%) band etgan.

O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik sherik mamlakatlari orasida, jumladan, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi uch davlat bilan faol tashqi savdo balansi kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz: o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi 42,1 milliard AQSH dollariga yetdi. Bu 2020 yilning shu davriga solishtirganda 5,8 milliard dollarga ko‘pdir (o‘sish 16 foiz). Eksport 16,6 milliard dollarni (2020 yilning yanvar-dekabr oylariga taqqoslaganda o‘sish 10 foiz), import esa 25,5 milliard dollarni (2020 yilning yanvar-dekabr oylariga taqqoslaganda o‘sish 20,4 foiz) tashkil qildi. Natijada tashqi savdo aylanmasi saldosi -8850,4 million dollar miqdoridagi passiv balansni tashkil etdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Xitoyga mosh eksport qilish ...

Xitoy oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha dunyodagi eng yirik mamlakat hisobl...

O‘zbekiston giloslari Malayziyaliklar da...

Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida o‘zbek gilosi yangi hosilining nav...

2022 yil yanvar-fevral oylari bo‘yicha O...

Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan eksport ulushi...

So`nggi yangiliklar