Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Yanvar/2023   Eksport

O‘tgan yili O‘zbekistonda 2332 gektar maydonda limon yetishtirildi

TOSHKENT, 6-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2018 yilga qadar respublika bo‘yicha 1221 gektar maydonda limon yetishtirilgan bo‘lib, uning asosiy qismi shaxsiy tomorqalarga to‘g‘ri keladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Qishloq xo‘jaligi vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, hozirga qadar mamlakatimizdan 2, 5 ming tonna limon eksport qilingan.  Jami yetishtirilgan mahsulot 32 ming tonnani tashkil etgan. 2021 yilda respublika bo‘yicha 2332 gektar maydonda limon yetishtirildi.

Respublika bo‘yicha faqat “Toshkent” navi eksport qilinadi. 64 foiz limon Rossiya Federatsiyasiga, 32 foiz Qozog‘istonga, qolgan mahsulotlar Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Xitoyga eksport qilinmoqda.

O‘zbekistonda limon yetishtirish bo‘yicha Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari peshqadam. Respublikada limonni eksport qilish salohiyati bo‘yicha esa  Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari yetakchilik qilmoqda.  

O‘zbekistonga Argentina va Turkiya davlatlaridan limon importi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid

Latviyadagi O‘zbekiston savdo uyi mamlak...

Mamlakatimizda amaliy safar bilan bo‘lib turgan Latviyadagi O‘zbekiston savdo uyining dire...

AQShlik taniqli rejissyor Santa-Fe shahr...

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 12-24 fevral kunlari Bux...

O‘zbekiston mahsulotlari Janubiy Koreyad...

O‘zbekiston mahsulotlari Janubiy Koreyadagi xalqaro ko‘rgazmada taqdim etildi

So`nggi yangiliklar