Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2020   Sport

O‘zbek chavandozi Germaniyada o‘tkazilgan musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi


TOShKENT, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 23-27 iyul kunlari Germaniyaning Niyenburg shahrida o‘tkazilgan ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha «32. Nienburg Reiterfest» turnirida yurtdoshimiz Bekzod Qurbonov sovrindorlar qatoridan joy oldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi manbasiga asoslanib.

Bahslar yakuniga ko‘ra balandligi 135 sm bo‘lgan to‘siqlardan o‘tish bellashuvlarida Bekzod 60 nafar sportchi orasida musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. 70 nafar ishtirokchi bahs olib borgan balandligi 140 santimetrni tashkil etgan yo‘nalishda esa sportchimiz bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Bekzod Qurbonov Las-Vegas (AQSh)da bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan «FEI World Cup 2020» musobaqasining final bosqichiga yo‘llanma olgan. Vakilimiz mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun Germaniyaga yo‘l olgan edi. Biroq koronavirus sababli u Yevropa arenalarida o‘z ishtiroklarini vaqtinchalik to‘xtatgan edi. Hozirgi kunga kelib, musobaqalarning qayta boshlanganligi sababli B.Qurbonov yurtimiz sharafini himoya qilishda davom etmoqda.

Mavzuga oid

Osiyo karate federatsiyasi prezidenti ka...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov mamlakatimiz...

O‘zbekiston liga kubogida Qirg‘iziston v...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston liga kubogi musobaqasida joriy yildan Qirg‘iziston va Tojikist...

O‘zbekistonga dunyoda ommalashib borayot...

Bugungi kunda dunyoda jadal surʼatlarda rivojlanib, ommalashib borayotgan tekbol sport tur...

So`nggi yangiliklar