Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbek diasporasi vakillari Bosh konsulxonaga o‘quv adabiyotlarini taqdim etdi


SANKT-PЕTЕRBURG, 22 iyun. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasida Leningrad viloyatidagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
 Bosh konsulxonadan ma’lum qilinishicha, uchrashuv avvalida shu yil  15 may kuni Leningrad viloyati, Vsevolojsk tumani, Kerro qishlog‘i, Lembolovo poselkasidagi  Ikkinchi jahon urushi vaqtida fashizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan askarlar sharafiga ochilgan «Lembolovskaya tverdinya» yodgorlik majmuasi hududida o‘zbekistonlik askarlar xotirasiga me’moriy lavha o‘rnatilishida faol ishtirok etganlarga faxriy yorliqlar topshirildi. 
Tadbirda o‘zbek diasporasi vakillari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga biriktirilgan hududlardagi aholining kam ta’minlangan va yordamga muhtoj qatlami sharoitlarini yaxshilashga imkon qadar ko‘maklashish maqsadida rus tilidagi o‘quv adabiyotlarini taqdim etdi. 
Leningrad viloyati hukumati bilan hamkorlikda to‘plangan 610 dona rus tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari yaqin kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.  
Muloqot yakunida o‘zbek diasporasi vakillari bilan ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni davom ettirish orqali yurtimizdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Polshada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Osiyo kon...

O‘zbekistonning Polshadagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Boboyev Torun shahrida onla...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘zaro mad...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida YUNESKOning Folklor ijodkorligi xalqaro t...

YEXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili ...

Markaziy Osiyo davlatlarining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)dagi dip...

So`nggi yangiliklar