Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/May/2021   9 may - Xotira va qadrlash kuni

O‘zbek diplomatlari Belgiyada yashayotgan faxriy vatandoshlar holidan xabar oldi


BRYUSSEL, 11-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi  9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ushbu mamlakatda yashayotgan yoshi ulug‘ vatandoshlarimizni bayram bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi arafasida tug‘ilgan o‘zbek teatr sanʼatining taniqli namoyondalaridan biri Svetlana Tagirova va urushdan keyingi yillarda turli mehnat birjalarida faoliyat yuritgan Nadejda Fedorova bugungi kunda elchixona konsullik okrugida yashayotgan o‘zbekistonlik keksa faxriylar sirasiga kiradi. 

O‘zbek dilomatlari ularning xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi. Faxriylar bilan samimiy suhbat qurildi. Ular Ikkinchi jahon urushi yillaridan so‘ng kechgan hayoti va mehnat faoliyati xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bugungi yosh avlodning baxtu istiqboli va tinch-xotirjamligi barcha uchun bebaho boylik ekanini taʼkidladi.

Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar, ularning zamirida  keksa avlodga yaratilgan imtiyozlar, ijtimoiy xizmatlar  haqida huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar ham berildi.

Suhbat yakunida faxriylarga elchixonaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mavzuga oid

Qoraqalpog‘istonda Ikkinchi jahon urushi...

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Ikkinchi jah...

Belarusda o‘zbek qahramonlari Abdusalim ...

Belarusning Gomel viloyati Loyevskiy tumanidagi Derajichi va Xominka qishloqlarida Qahramo...

Remko Reyding 101 nafar oʼzbek askari xo...

Oʼzbekiston Respublikasining Benilyuksdagi elchixonasi vakillari (qarorgohi Bryusselda) ni...

So`nggi yangiliklar