Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Iyul/2022   Vatandoshlarimiz

O‘zbek diplomatlari Olma-otada vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizdan xabar oldi

OLMA-OTA, 13-iyul.  /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari vatandoshlarimizning mehnat va turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Olma-otadagi “Kovald” MCHJda bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv chog‘ida yurtdoshlarimizga O‘zbekistonda xavfsiz va qonuniy  tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda xorijiy davlatlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish  bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.  

Bundan tashqari, vatandoshlar mamlakatimizning yangi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi jarayoni bilan tanishdi. Yurtdoshlarimiz ushbu muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etishga chaqirildi.

O‘z navbatida, mehnat migrantlari ish beruvchi tashkilot tomonidan maoshlar o‘z vaqtida to‘lanayotgani, zarur hollarda boshqa masalalarda ham ko‘mak berilayotganini maʼlum qildi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘zbek diplomatlari yurtdoshlarimizning mehnat sharoiti, texnika xavfsizligi meʼyorlariga rioya etish qanday taʼminlanayotgani bilan tanishdi va yashash joylarini ko‘zdan kechirdi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyada «Davlat gerbi - Vatan t...

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan yur...

Taraz shahridagi 4-sonli o‘zbek maktabig...

Mamlakatimizning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Jambul viloyatida mehnt m...

Checheniston oliy o‘quv yurtlarida tahsi...

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsuli Burxon Aliqulov Checheniston fan va taʼ...

So`nggi yangiliklar