Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Iyun/2022   Vatandoshlarimiz

O‘zbek diplomatlari Oqtovdagi vatandoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari bilan tanishdi

OQTOV, 10 iyun. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahrida (Qozog‘iston) joylashgan Bosh konsulxonasi xodimlari “K7 Group” qurilish kompaniyasining mazkur shahardagi “7Qazyna” turar joy kompleksi qurilish maydonida bo‘lib, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv davomida vatandoshlarimizning mehnat sharoitlari bilan tanishilgani barobarida konsullik va huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borildi. Xususan, Qozog‘istonda vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatishning barcha tartiblari va Bosh konsulxonaning fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatiga doir ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida ro‘y berayotgan muhim voqealar, xorijda vaqtincha mehnat qilayotgan fuqarolarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va madaniy qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz mehnat migratsiyasini ta’minlash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham atroflicha fikr yuritildi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekistonga boradiganlar uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar joriy yilning 10 iyun sanasidan bekor qilgani ham ma’lum qilindi.

Mavzuga oid

Qozog‘istondagi vatandoshlarga insonparv...

O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligida “Rodnik” jamoat fondi bilan hamkorlikda YUNI...

Xitoydagi vatandoshlar — himoya ostida...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi xodimlari va Sichuan provinsiyasi huquqni muhofaza ...

Sankt-Peterburg shahrida yashovchi vatan...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi binosida o‘zbek diaspora tashkilotlari rahbarlari va uzoq yi...

So`nggi yangiliklar