Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Vatandoshlarimiz

O‘zbek diplomatlari Ozarbayjonning Geranboy tumanida bo‘lib turgan vatandoshlarimizning turmush tarzi bilan tanishdilar

BOKU, 18-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik diplomatlar konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Ozarbayjonning Geranboy tumanida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 


Amaliy safar davomida asosiy eʼtibor vatandoshlar duch keladigan muammolar va ularga munosib tarzda yechim topish bilan bog‘liq masalalarga qaratildi.

Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekistonda migratsiya siyosatining takomillashib borayotgani, xorijda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklarning huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining “Odam savdosiga va majburiy mehnatga  qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari har bir murojaat yuzasidan vatandoshlarimiz bilan maslahatlashganlari barobarida doimiy konsullik ro‘yxatiga olish, pasport almashtirish va boshqa konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalarni ham berishdi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning Chonan shahridagi vat...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari ushbu mamlakat huquq-tartibot ido...

Buyuk Britaniyada vatandoshlarimiz Navro...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi xodimlari ushbu mamlakatning «YET va TB», ...

Oliy Majlis Senatining Koreya Respublik...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha parlament yuqori palatasinin...

So`nggi yangiliklar