Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Mart/2022   Ilm-fan

O‘zbek fizik olimlari guruhi tomonidan yangi rezonans zarracha kashf qilindi

TOSHKЕNT, 11-mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fizik olimlari guruhi jahonda ilk bor yangi elementar zarracha mavjudligini eksperimental tarzda ko‘rsatishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Fanlar akademiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bir nuklonga 3.4 GeV energiyali karbon yadrolarining karbon yadrolari bilan to‘qnashuvlarining tahlili natijasida ikkita proton va bitta pi-mezondan iborat sakkiz kvarkli tizimda yangi rezonans zarracha aniqlandi.

Kashf etilgan qisqa yashovchi zarrachaning massasi 2118 ± 1 MeV/c2 ga teng. 

Kuzatilgan rezonans strukturaning fon taqsimotidan eksperimental oshishi 122 ± 20 hodisani yoki 4.5 standart xatolikni (sigmani) tashkil etdi.

Yangi rezonans zarracha to‘g‘risida olingan natijalar haqida mualliflar tomonidan  tayorlangan maqola «World Scientific» xalqaro nashriyot kompaniyasining «Web of Science» va «Scopus» bazalarida indeksiyalangan «International Journal Of Modern Physics E» (Nuclear Physics) nomli  ilmiy jurnallarida chop etildi. 

Akademik Behzod Yo‘ldoshev ilmiy rahbarligidagi o‘zbek fizik  olimlari guruhi hozirgi paytda yangi zarracha kuzatilishi mumkin bo‘lgan yadroviy to‘qnashuvlarga oid boshqa eksperimental ma’lumotlarni tahlil qilishmoqda.

Mavzuga oid

UNESKO talabalar uchun stipendiya dastur...

UNESKO 2020 yil 5-30-oktyabr kunlari Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun stipendiy...

Qoraqalpog‘istonda Janubiy Koreyaning So...

Bugun Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari K...

Qozog‘istonda o‘zbek milliy adabiyoti on...

Tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda ...

So`nggi yangiliklar