Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Iyun/2021   Eksport

O‘zbek giloslari Singapur bozorlarida


SINGAPUR, 8-iyun. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekistonda yetishtirilgan gilosning birinchi jo‘natmasi Singapurga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida joriy yil may oyida O‘zbekistoning “Uz-Segang” qo‘shma korxonasi  va Singapurning «NOROO Holdings Singapore Pte.Ltd» kompaniyasi o‘rtasida 500 ming dollar miqdorda gilosning yangi hosilidan yetkazib berishni ko‘zda tutadigan shartnoma imzolangan edi.

2018 yilda tashkil etilgan «NOROO Holdings Singapore Pte.Ltd» kompaniyasining asosiy faoliyat turi ulgurji eksport-import operatsiyalarini olib borish hisoblanadi.

Shu tariqa joriy yil 5 iyun kuni Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan o‘zbek giloslari birinchi marta Singapur bozoriga eksport qilindi. O‘zbekiston giloslari 500 gramm PET-paketlarda  «Hao Mart Eccellente» savdo tarmoqlariga yetkaziladi.

«Hao Mart Eccellente» savdo tarmoqlari 2016 yilda tashkil etilgan. U «Hao Corporation» korporatsiyasiga qarashli Singapur supermarketlar tarmog‘iga xizmat ko‘rsatadi. Juda tez rivojlanayotgan ushbu  supermarketlar tarmog‘i o‘zining 45 savdo bo‘limiga ega.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda mebel mahsulotlari eksport...

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yilda mebel mahsulotlar...

O‘zbekiston 2020 yilda Rossiyaga qiymati...

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston qiymati ...

O‘zbekiston 2020 yilda 18 ta xorijiy dav...

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2020 yilda 18 ta xo...

So`nggi yangiliklar