Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Fevral/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksport huquqi Italiya kompaniyasiga taqdim etildi

RIM, 9-fevral. /“Dunyo” AA/.  Mamlakatimizning Rimdagi elchixonasi tomonidan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston va Italiyaning terini qayta ishlash, charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish kompaniya va korxonalari vakillari ishtirokida videokonferensiya shaklida qator uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirlardan maqsad O‘zbekiston charm va poyabzal mahsulotlarini Italiya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga eksport hajmini ko‘paytirish, shu bilan birga “O‘zcharmsanoat” uyushmasining Italiyaga charm-poyabzal mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish konsepsiyasini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

O‘tkazilgan muzokaralar natijasida  Italiyaning «Antonio Cuture» va mamlakatimizning «Angren Charm Invest» kompaniyalari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilib, eksport bo‘yicha shartnoma imzolash masalasi ishlab chiqildi.

Muzokaralar natijasida joriy yil 8 fevral kuni «Antonio Cuture» va «Angren Charm Invest» kompaniyalari o‘rtasida xalqaro eksklyuziv eksport shartnomasi imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, «Antonio Cuture» kompaniyasiga «Angren Charm Invest» korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan charm mahsulotlarini nafaqat Italiya, balki Yevropaning barcha davlatlari bozorlariga eksklyuziv ravishda eksport qilish huquqi taqdim etildi. Bundan tashqari, «Antonio Cuture» O‘zbekiston mahsulotlarini Italiya va Yevropa bozorlarida reklama qiladi, shu jumladan, xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etish orqali ilgari suradi hamda  «Angren Charm Invest» manfaatlarini himoya qiladi.

Shartnoma doirasida o‘zbek mahsulotlarining eksporti Italiya va Yevropa bozorlariga 2021 yil mart-aprel oylaridan boshlanadi.

Shu bilan birga «Antonio Cuture» rahbariyati karantin cheklovlari  tufayli kiritilgan taqiqlar bekor qilinganidan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyurib, «Angren Charm Invest» korhonasi bilan ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hamda yangi investitsiyaviy loyiha ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya kompaniyasi COVID-19 ga q...

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari kecha «KORU Pharmaceuticals ...

Pekinda O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodi...

Kecha mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirl...

Hindistonlik investor Qashqadaryoda yiri...

Kecha O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ko‘magida Hindistonning «Chemi-Kleen Pvt. Ltd»...

So`nggi yangiliklar