Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbek kulollari mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda “shou-rum” va alohida savdo uylari ochgan holda ilgari surish kengaytirilmoqda


TOSHKЕNT, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, hunarmandchilik, xususan, kulolchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, ularga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlarda ixtisoslashtirilgan “shou-rum”, ko‘rgazma zallari va savdo uylarini tashkil qilish nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil qilish, savdo va eksport hajmini kengaytirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni muhokama etish  doirasida Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, “Hunarmand” uyushmasi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi va “Uzbekistan Airways” AJ vakillari ishtirokida onlayn-muloqotlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida xorijga hunarmandchilik mahsulotlarini muntazam yetkazib berish, “shou-rum” va ko‘rgazma zallarini jihozlash, xorijdan yangi hamkorlar topish va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilinib, davlatimiz rahbari qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bundan tashqari diplomatik vakolatxonalar tomonidan kulolchilik mahsulotlarini xalqaro elektron tijorat platformalari, savdo uylari va xorijda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma va yarmarkalar orqali keng targ‘ib qilishga oid takliflar ishlab chiqildi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasi bo‘yicha Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda “shou-rumlar”, ko‘rgazma zallari va savdo uylarini tashkil qilish hamda ularga hunarmandchilik mahsulotlarini yetkazib berish jarayonini boshlash bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid

Malta kompaniyasi O‘zbekiston geologiya ...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixona tomonidan mamlakatimiz Geologiya va m...

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni ishbila...

O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari o‘rtasida onlayn videokonferensiya sh...

Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.Umurzakov Osiyo infratuzilmaviy investi...

So`nggi yangiliklar