Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Iyun/2022   Sport

O‘zbek kurashi bo‘yicha Dubay kurash federatsiyasi tashkil etilmoqda

TOSHKENT, 16-iyun. /“Dunyo” AA/.  O‘zbek kurashi bo‘yicha Dubay kurash federatsiyasi tashkil etilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xalqaro kurash assotsiatsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, joriy yil 17.-20-iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida G‘arbiy Osiyo mamlakatlari kurash federatsiyalarining mutaxassislari, kurash sport turiga qiziquvchilar uchun xalqaro hakamlik seminari tashkil etiladi.

Mazkur seminar doirasida Dubay kurash federatsiyasining ochilish marosimi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mintaqadagi Qatar va bir qator mamlakatlarda kurash federatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi ham kutilmoqda.

Seminarda Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Falastin, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yamandan mutaxassislarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik yosh bokschilar Belarusda...

Joriy yil 22-26 fevral kunlari Gomel shahrida boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi...

Buxoroda kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtas...

Bugun Buxoroda kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalariga start b...

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida ochiq osm...

Kecha Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Amirsoy tog‘-chang‘i hududida qishki spo...

So`nggi yangiliklar