Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Madaniyat

O‘zbek milliy va zamonaviy liboslari “EXPO 2020 Dubai” xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etildi


 ABU-DABI, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magi bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi “Nafosat 2021” festivali qatnashchilari va yosh dizaynerlari Dubayda davom etayotgan “EXPO 2020 Dubai” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan “Emirates Fashion Week” modalar namoyishida qatnashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda ishtirok etishdan maqsad turli davlatlar modasining ilg‘or tendensiyalari o‘rganish, zamonaviy va milliy liboslarni jahon podiumlarida namoyish etish orqali o‘zbek moda sanoati nufuzini yana-da yuksaltirish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

“Emirates Fashion Week” modalar namoyishida Italiya, AQSH, Fransiya, Shveysariya, BAA hamda Markaziy Osiyo davlatlari dizaynerlari o‘z ishlarini mutaxassislar va moda ixlosmandlari eʼtiboriga havola etdi.

Shuningdek, “EXPO 2020 Dubai” xalqaro ko‘rgazmasida ochilgan O‘zbekiston pavilyonida “Noooza”, “Ozoda Showroom”, ”Carbonado”, “Dilrabo Design” dizaynerlik studiyalari tomonidan o‘zbek milliy va zamonaviy liboslari taqdimoti ham o‘tkazildi.  

Mavzuga oid

AQSHda Alisher Navoiyning 580 yillik tav...

AQSHda 9 fevral kuni o‘zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining asoschisi Mir Alisher Navo...

Italiyaning San-Remo shahrida o‘tkazilga...

Italiyaning San-Remo shahrida o‘tkazilgan «Sanremo Junior» bolalar xalqaro musiqa festival...

III Toshkent xalqaro amaliy san’at biyen...

Kecha 8-12 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, xorijiy mamlak...

So`nggi yangiliklar