Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Ta'lim

O‘zbek tili fani o‘qituvchisi "MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021" xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi


TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahar Shayxontohur tumani 19-sonli umumtaʼlim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Fayzullo Yahyoyev Nursulton (Qozog‘icton) shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021" xalqaro tanlovida filologiya yo‘nalishida birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilib, oltin medal bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Xalq taʼlimi vazirligi maʼlumotiga tayanib.

Fayzullo Yahyoyev maktabda o‘quvchilarga saboq berish bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy universitetining 2-kurs magistranti.

O‘zMU adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev ilmiy rahbarligida "XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek navoiyshunosligi masalalari (To‘xtasin Jalolov ilmiy merosi misolida) mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Fayzulloning 100 dan oshiq ilmiy-publitsistik maqola va tezislari respublika va xalqaro miqyosdagi nashrlarda eʼlon qilingan, to‘plamlarga kiritilgan. U respublika Yosh olimlar kengashi aʼzosi.

Mavzuga oid

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univer...

Mamlakatimizning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univ...

Taʼlim va fan sohasida ikki tomonlama ha...

O‘zbekiston yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasi raisi Rahmatjon Umarov va mamlakatimizning ...

SamDU va Staffordshir universiteti ingli...

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida Samarqand davlat universiteti va Stafford...

So`nggi yangiliklar