Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Aprel/2021   Madaniyat

“O‘zbek tili xorijliklar uchun” o‘quv qo‘llanmasi Fransiyaning Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti kutubxonasiga taqdim qilindi


PARIJ, 1 aprel. /«Dunyo» AA/. Xalqaro maydonda o‘zbek tilini o‘rganish va uning jozibadorligi to‘g‘risida keng targ‘ibot ishlarini olib borish mamlakatimiz madaniy diplomatiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizning Parij shahridagi elchixonasi Fransiyaning oliy o‘quv yurtlari va yirik kutubxonalariga o‘zbek tilida chop etilgan adabiyotlarni muntazam ravishda taqdim etib keladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlardan biri “O‘zbek tili xorijliklar uchun” o‘quv qo‘llanmasining Fransiyaning Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti kutubxonasiga sovg‘a qilinishi bo‘ldi.

Mazkur institut kutubxonasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktori Benjamin Gishar taqdim qilingan kitoblar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. O‘zbek tilidagi adabiyotlarning ko‘payayotgani talabalarda o‘zbek tilini, madaniyatini, tarixini o‘rganishga qiziqishini oshishiga turtki berayotganini ta’kidladi.

“Bu kitoblar institutimiz talabalari, o‘qituvchi va professorlariga juda foydali bo‘ladi va o‘zbek tili bo‘yicha bilim va so‘z boyliklarini oshishiga xizmat qilishiga ishonamiz”, – dedi Benjamin Gishar.

Mavzuga oid

"Rangsiz tushlar" filmi "Asiatica Film F...

Joriy yil 18-22 dekabr kunlari Italiya Respublikasining Rim shahrida 18 mamlakatdan sarala...

Poytaxt metrosining buyuk shoir nomi bil...

Buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi mamlakat...

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi Pols...

Shoh va shoir, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud...

So`nggi yangiliklar