Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbek va yapon ekspertlari Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi


TOKIO, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiya xalqaro munosabatlar institutida (The Japan Institute of International Affairs - JIIA) «Afg‘onistonda yangi siyosiy voqelik: O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida Afg‘oniston yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari» mavzusida videokonferensiya shaklida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yaponiyaning xalqaro aloqalar instituti  1959 yilda Yaponiya sobiq Bosh vaziri Shigeru Yoshida tomonidan xalqaro munosabatlar va xavfsizlik sohasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil tahliliy markaz sifatida tashkil etilgan.

Onlayn-anjuman mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Prezident Shavkat Mirziyoyev  yangi mintaqaviy siyosat doirasida qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash masalalariga ustuvor ahamiyat berayotgani taʼkidlandi.

Afg‘onistonda bugun yangi voqelik paydo bo‘lgani taʼkidlandi. Shu nuqtai nazardan, xalqaro hamjamiyat Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. Ushbu mamlakat nafaqat xavf va tahdidlar, balki konstruktiv mintaqaviy loyihalar uchun asos bo‘la oladigan yangi imkoniyatlar manbai ekani taʼkidlandi. Ulardan biri Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘lib, u Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq mintaqalarini bir-biriga bog‘laydi.

SMTI direktorining birinchi o‘rinbosari Akromjon Neʼmatov O‘zbekiston va Yaponiyaning yetakchi tahlil markazlari o‘rtasida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb mavzularda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik muhimligini taʼkidladi.

Xorijiy banklarda Afg‘oniston aktivlariga qo‘yilgan taʼqiqlarni olib tashlash bo‘yicha va afg‘on xalqiga gumanitar inqirozning oldini olish uchun yordam ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.

Yaponiya tomonidan so‘zga chiqqanlar Afg‘onistonda jamiyatning barcha tarmoqlari vakillarini o‘z ichiga oladigan inklyuziv hukumat tuzish zarurligini taʼkidladi. Xalqaro hamjamiyat mamlakatda inson huquqlari, ayniqsa, xotin-qizlarning huquqlari hurmat qilinishini taʼminlash bo‘yicha saʼy-harakatlar qilishi zarurligi taʼkidlandi.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya tahlil markazlari o‘rtasida mintaqaviy siyosatning boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Malayziyaning statistika faoliyatini sam...

Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida 16-17 dekabr kunlari O‘zbekiston R...

O‘zbekiston delegatsiyasi sog‘liqni saql...

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev boshchiligidagi delegatsiya amali...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya huquqni mu...

Bugun mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xalqa...

So`nggi yangiliklar