Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2021   Madaniyat

«O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» nomli majmuaning navbatdagi jildlari nashr etildi


TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» nomli 100 jildlik majmuaning navbatdagi 16-17-18-jildlari nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Fanlar akademiyasi maʼlumotiga ko‘ra, hozirgi kunda 19-20 jildlar nashrdan chiqish arafasida.

Ushbu nashrning 59 jildi dostonlar, 10 jildi xalq qo‘shiqlari, 12 jildi ertaklar, qolgan jildlar esa terma, afsona, rivoyat, naql, maqol, topishmoq, askiya, lof, latifa, og‘zaki drama, bolalar folklori va boshqa janrlarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbek folklorshunosligi tarixida ilk bor nashrga tayyorlanayotgan ushbu 100 jildlik nashr keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ladi. Va yana ming asrlar davomida kelajak avlod tarixiy qadriyatlarimiz, o‘lmas maʼnaviyatimiz haqida to‘la tasavvur va bilimga ega bo‘lishiga muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi: “M...

“Mendirman Jaloliddin” kinoloyihasi qanday boshlangandi?

Koronavirusga qarshi kurashayotganlarni ...

Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz “Andijon polka”si bo‘yicha onlayn ...

Misrda “Toshkent quvonchlari” VII xalqar...

Misr bolalar madaniyati milliy markazida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan tashkil...

So`nggi yangiliklar